«ANDIJONYOG’MOY» AJNING 2017 YILDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMININING BAHOLASH BO'YICHA XULOSA

«ANDIJONYOG’MOY» AJNING 2017 YILDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMININING BAHOLASH BO’YICHA XULOSA

Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini bajarish maqsadida «ANDIJONYOG’MOY» AJ Kuzatuv kengashi qarori asosida, korporativ boshqaruv tizimining mustaqil baholanishini o’tkazdi.

Kompaniyaning 2017 yildagi korporativ boshqaruv tizimining mustaqil baholash « BALANS-INFORM-AUDIT » MChJ tomonidan amalga oshirildi.

«ANDIJONYOG’MOY» AJ korporativ boshqaruv tizimini o’rganish natijalariga ko’ra Kompaniya « qoniqarli » bahoga – (506 bal yoki foiz miqdorda 42%) – sazovor deb xulosa berildi. Shuningdek, «ANDIJONYOG’MOY» AJda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash lozimki, korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash O’zbekiston Respublikasi  davlat raqobat qo’mitasi va Korporativ boshqaruv llmiy-ta’lim markazi tasdiqlagan savolnoma asosida o’tkaziladi.

Faoliyat samaradorligi baholash natijasida:

– umumiy to’plangan ballar miqdori minus 600 baldan past bo’lsa – qoniqarsiz;

– umumiy to’plangan ballar miqdori minus 0 dan past bo’lib, minus 600 dan past bo’lmasa – quyi,

– umumiy to’plangan ballar miqdori 600 baldan past bo’lib 0 baldan past bo’lmasa – qoniqarli;

– umumiy to’plangan ballar miqdori 600 bal yoki undan baland bo’lsa – yuqori deb hisoblanadi.

 

Бизнинг манзил

  • Телефон : 223-11-83
  • Ишонч телефони : 223-11-83
  • Канцелярия : 223-11-83
  • Факс : 223-10-33
  • E-mail: andyogmoy@inbox.ru
  • Манзил : Андижон Вилояти Андижон шахри А.Фитрат кучаси № 14

ЯНГИЛИКЛАРГА ОБУНА