E'lonlar

MUSTAQQILLIGIMIZNING 26 YILLIKI ARAFASIDA UMUMXALQ XAYRIYA XASHARI

20.08.2017

2017 yil 19-20 avgust kunlari «ANDIJONYOG’MOY» AJ hamda uning tizimidagi korxonalar umumxalq xayriya xasharida ishtirok etdilar.

Kompaniya va uning tizimidagi korxona xodimlari shahrimizni obodonlashtirishda faol ishtirok etdilar. Xashar davomida tegishli hududlar obodonlashtiridi va ko‘kalamzorlashtirildi hamda gullar o‘tkazildi. Shuningdek, binolar atrofi tartibga keltirildi. Daraxtlar butalib, oqlandi. Ariq-zovurlar, lotoklar tozalandi.

«ANDIJONYOG’MOY» AЖ  VAKILLARI “KORPORATIV BOSHQARUV: TAMOILLARI, MEXANIZMLAR VA ULARNI JORIY ETISH” MAVZUSIDA O’QUV KURSLARINI O’TDILAR

07.07.2017

2017 yilning 12-22 iyun kunlari «ANDIJONYOG’MOY»  AJ tizimining 6 xodimi korporativ boshqarmaning Ilmiy-ma’rifiy markazi tomonidan tashkil etilgan “Korporativ boshqaruv: prinsiplar, mexanizmlar va ularni joriy etish” mavzusidagi o’quv kursida ishtirok etdilar.

Kursning maqsadi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini joriy etish, korporativ boshqaruy samaradorligi oshib borishini ta’minlash va madaniyatini baholash, etika (axloqiy ta’limot) an’analari va ichki nazorat tizimini o’rganishdan iboratdir.

Ushbu o’quv kurslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4720-PF sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazildi.

Kurs ishtirokchilari korporativ boshqarishda soliq va soliqqa tortish, korporativ qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi (qimmatli qog’ozlar va qog’oz pul chiqarish) va realizatsiya qilish,  qarz Bozori va qarz kapitali, investitsion loyihalarni boshqarish mavzulari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari o’tdilar, korporativ boshqaruv tizimidagi innovatsion o’zgarishlar, korporativ boshqaruv kodeksi, korporativ boshqaruv turlari, korporativ boshqaruv  va zamonaviy menedjmentning ilg’or usullarini  amaliyotga tadbiq etish bilan tanishdilar.

O’quv kursi yakunida  ta’lim olganalrga korporativ boshqarmaning Ilmiy-ma’rifiy markazi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

 

Бизнинг манзил

  • Телефон : 223-11-83
  • Ишонч телефони : 223-11-83
  • Канцелярия : 223-11-83
  • Факс : 223-10-33
  • E-mail: andyogmoy@inbox.ru
  • Манзил : Андижон Вилояти Андижон шахри А.Фитрат кучаси № 14

ЯНГИЛИКЛАРГА ОБУНА